Janubiy Koreya O‘zbekistonga 500 million dollar sarmoya yo‘naltiradi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i Mun Chje In
Shavkat Mirziyoyev i Mun Chje In - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Janubiy Koreya prezidentlari muzokaralardan so‘ng iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha qator shartnomalarni imzolagan

TOShKENT, 23 noya – Sputnik. Janubiy Koreya 2018-yildan boshlab uch yil davomida O‘zbekiston iqtisodiyotiga 500 million dollar miqdorida sarmoya yo‘naltiradi. Bu haqda "Yonhab" agentligiga asoslanib "Xalq so‘zi" nashri xabar bermoqda.

Podpisanie soglasheniya mejdu AO Uzbekengilsanoat i pravitelstvom respubliki Koreya - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida qariyb 9 milliard $lik shartnomalar imzolandi

Xabarda aytilishicha, Koreya prezidenti Mun Chje In Markaziy Osiyodagi yirik infratuzilma yoki qurilish loyihalarini moliyalashtirish uchun Koreya Eksport-Import Banki 2 milliard dollar ajratishini ma’lum qilgan.

Tomonlar imzolagan hujjatlar orasida mamlakatlar rahbarlarining qo‘shma deklaratsiyasi ham bor.

Deklaratsiya iqtisodiy va savdo aloqalarni rivojlantirish, turli tarmoqlar, masalan, madaniyat sohasidagi almashinuvlarni kengaytirishga qaratilgan sa’y-harakatlarni ham o‘z ichiga olgan.

Mirziyoyev Mun Chje Inni 2018-yilda O‘zbekistonga davlat tashrifini amalga oshirish uchun taklif qilgan.

 

Yangiliklar lentasi
0