TOShKENT, 23 noya — Sputnik. Rasmiy Qobul terrorchilikka qarshi kurash bo‘yicha Rossiya Federatsiyasi va Markaziy Osiyo davlatlari maxsus xizmatlari yig‘ilishini o‘tkazishni taklif qildi, dedi jurnalistlarga Afg‘oniston prezidentining Milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Muhammad Atmar. RIA Novosti xabari asosida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Qobul shuningdek, Afg‘onistonda yoki Markaziy Osiyo davlatlarining birida razvedka xizmati rahbarlari konferensiyasini o‘tkazish taklifi bilan chiqqan. Konferensiyadan maqsad bu xizmatlar qay tariqa hamkorlik qilishlari masalasini muhokama qilishdan iborat, dedi Atmar.
"Janob (RF Xavfsizlik kengashi kotibi Nikolay — tahr.) Patrushev va boshqa ishtirokchilar bu taklifni qo‘llab-quvvatladilar. Men taklifni yozma tarzda taqdim etaman, ular detallarini muhokama qilishlari mumkin bo‘lishi uchun, shunga kelishib oldik. Hozircha bu ish boshlang‘ich pog‘onada turibdi. Lekin Afg‘oniston bunday hamkorlikka tayyor", — deb ta’kidladi u.
"Biz Markaziy Osiyo va Rossiyadagi hamkorlarimizga terrorchilar faoliyati: ular a’zolikka qanday qabul qilishlari va terrorchilik aktlarini qay tarzda amalga oshirishlari haqida favqulodda muhim ma’lumotni taqdim etdik", — deb ta’kiladi diplomat.