O‘zbekiston va Koreya orasida imzolangan shartnomalar ro‘yxati e’lon qilindi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaShavkat Mirziyoyev i Mun Chje In
Shavkat Mirziyoyev i Mun Chje In - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyevning Koreyaga davlat tashrifi doirasida imzolangan hujjatlar ro‘yxati e’lon qilindi.

TOShKENT, 23 noya — Sputnik.  O‘zbekiston va Koreya respublikalari prezidentlari va bosh vazirlari va vazirlari tomonidan imzolangan hujjatlar ro‘yxati quyidagicha: 

  1. O‘zbekiston Respublikasi bilan Koreya Respublikasi o‘rtasida strategik sheriklik munosabatlarini har tomonlama chuqurlashtirish to‘g‘risida Qo‘shma bayonoti.
  2. 2018-2020 yillarda iqtisodiy taraqqiyot va hamkorlik jamg‘armasi kreditlari bo‘yicha hadli Kelishuv.
Podpisanie soglasheniya mejdu AO Uzbekengilsanoat i pravitelstvom respubliki Koreya - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston va Koreya o‘rtasida qariyb 9 milliard $lik shartnomalar imzolandi
  • O‘zbekiston tiklanish va taraqqiyot fondi bilan Koreya eksport-import banki o‘rtasida moliyaviy hamkorlik to‘g‘risida Kelishuv.
  • O‘zbekistonning Jahon savdo tashkilotiga qo‘shilishi bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risida Memorandumi.  O‘zbeksiton Milliy elektron savdo platformasini joriy qilish bo‘yicha hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimi.
  • Tashqi ishlar Vazirliklari o‘rtasida 2018-2020 yillarga mo‘ljallangan hamkorlik dasturi.
  • O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va Koreya Respublikasi strategiya va moliya vazirligi o‘rtasida Bilimlar almashinuv dasturi bo‘yicha anglashuv Memorandumi.
  • Ikki mamlakat adliya vazirliklari o‘rtasida Hamkorlik memorandumi.
  • Mehnat vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlik memorandumi.
  • Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston prezidenti tashrifi arafasida O‘zbekiston va Janubiy Koreya orasida erishilgan yana bir necha shartnomalar haqida xabar bergan edik. Xususan, Janubiy Koreya va O‘zbekiston orasida foydali qazilmalar geologik razvedkasi, tibbiyot oliygohlari, avtomobil sanoati, to‘qimachilik va boshqa sohalarda hamkorlik qilish borasida shartnomalar imzolangan edi.

    Yangiliklar lentasi
    0