O‘zbekistondagi masjidlar soni yana bittaga ko‘paydi

© muslim.uzPrazdnichnaya molitva v sobornoy mecheti "Xazrati Imam"
Prazdnichnaya molitva v sobornoy mecheti Xazrati Imam - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Sho‘rchi tumanidagi "Tolli ota" jome masjidiga Surxondaryo viloyati Adliya boshqarmasi tomonidan masjid ustavining ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risida guvohnoma taqdim etildi

TOShKENT, 23 noya – Sputnik. Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanidagi masjidlar soni yana bittaga ko‘paydi, deb xabar bermoqda O‘zbekiston musulmonlari idorasi matbuot xizmati.

O‘zbekiston masjidlarida azon yana ovoz kuchaytirgichlar orqali aytilmoqda

Ushbu tumandagi "Tolli ota" jome masjidiga Surxondaryo viloyati Adliya boshqarmasi tomonidan masjid ustavining ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risida guvohnoma taqdim etildi.

"Albatta, bu "Tolli" mahallasida istiqomat qiluvchi namozxonlar uchun juda katta tuhfa bo‘ldi, hozirda ularning quvonchi cheksiz", — deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda aholining 94 foizi islom diniga, 3,5 foizi pravoslav xristian diniga, qolgan qismi esa boshqa dinlarga e’tiqod qiladi. Hozirda mamlakatda 2037ta masjid faoliyat ko‘rsatadi.

Yangiliklar lentasi
0