"O‘zbekenergo" vodiyni elektr energiyasi bilan ta’minlaydigan loyihani yakunlash arafasida

© Sputnik / Vitaliy Ankov / Mediabankka o‘tishRemont linii elektroperedach
Remont linii elektroperedach - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"O‘zbekenergo" 2017-yilda umumiy qiymati 368, 14 mln dollar bo‘lgan 21 ta yirik investitsion loyihani amalga oshirmoqda

TOShKENT, 22 noya — Sputnik. Vodiy mintaqasini ishonchli elektr energiyasi bilan ta’minlash maqsadida bugungi kunda "O‘zbekenergo" AJ tomonidan To‘raqo‘rg‘on issig‘lik elektr stansiyasini qurish loyihasi amalga oshirilmoqda, dedi chorshanba kuni o‘tkazilgan matbuot-anjumani davomida "O‘zbekenergo" AJ investitsiya loyihalarini amalga oshirish boshqarmasi boshlig‘i Feruz Qurbonov.

TES Navoi. Kopaniya Uzbekenergo - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev tanqididan keyin "O‘zbekenergo" 70 kunlik favqulodda holat e’lon qildi
"Bu loyihani 2019-yil yakunlash ko‘zda tutilgan. Bugungi kungacha bu loyiha doirasida 17 milliarddan oshiqroq qurilish-montaj ishlari amalga oshirildi", — deb ta’kidladi u.

Qurbonovga ko‘ra, "O‘zbekenergo" 2017-yilda umumiy qiymati 368, 14 mln dollar bo‘lgan 21 ta yirik investitsion loyihani amalga oshirmoqda. Investitsiyaviy dasturga sarflanadigan mablag‘larning 94,4 mln dollari tijorat bank kreditlari, 48 mln dollari Rivojlanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari hamda 137,6 mln "O‘zbekenergo" AJ mablag‘lari hisobidan qoplanadi.

Qurbonov shuningdek, elektr quvvatlarini rekonstruksiya qilish maqsadida 7ta yirik investitsion loyiha amalga oshirilayotganini, bu loyiha amalga oshirilgandan keyin kompaniyaning umumiy quvvati 2141 megavattga oshishini qo‘shimcha qildi.

Yangiliklar lentasi
0