O‘zbekistonda ulkan logistika markazi qurilishi boshlandi

© Sputnik / Stanislav Savin / Mediabankka o‘tishTransportno-logisticheskiy kompleks
Transportno-logisticheskiy kompleks - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ayni jarayonda uch ming tonna sig‘imga ega sovitkichli omborlar ham bunyod etiladi. Keyingi bosqichda esa Janubiy Koreya usulida issiqxona qurish hamda 3 gektar maydonda malinazor yaratish ko‘zda tutilgan

TOShKENT, 16 noya — Sputnik. Namangan viloyatining Pop shahrida "Namangan agro logistic" mas’uliyati cheklangan jamiyatining logistika markazi qurilishi boshlandi.

Loyiha yiliga 3 ming tonna mahsulotni saqlash va 7 ming tonna meva-sabzavotni qayta ishlashga mo‘ljallangan, deb yozadi "Xalq so‘zi" nashri MChJ rahbari Yahoxon Hamdamovga tayangan holda.

Elektrovoz O'ZEL-0204 - Sputnik O‘zbekiston
Pop–Namangan–Andijon temir yo‘lini elektrlashtirish 2021-yilda yakuniga yetadi
Dastlabki bosqichda soatiga 2 tonna gilos hamda 6 tonna olmani saralash va qadoqlash quvvatiga ega texnologiyalarni ishga tushirish rejalashtirilgan bo‘lib, bu kelgusi yilning bahorida nihoyasiga yetkaziladi.

Ayni jarayonda uch ming tonna sig‘imga ega sovitkichli omborlar ham bunyod etiladi. Keyingi bosqichda esa Janubiy Koreya usulida issiqxona qurish hamda 3 gektar maydonda malinazor yaratish ko‘zda tutilgan. Italiya texnologiyasiga asoslangan qayta ishlash sexida esa bir kecha-kunduzda 7 tonna sharbat konsentrati tayyorlanadi.

Logistika markazidagi dastgohlar dastlabki paytda aholi va fermer xo‘jaliklaridan qabul qilingan xom ashyo hisobiga faoliyat yuritsa, bu yerda tashkil etiladigan 200 gektarlik intensiv bog‘ hosilga kirgach, majmua o‘zini o‘zi meva-sabzavot bilan ta’minlashga o‘tadi. Markazning to‘liq ishga tushirilgach esa 250 kishi ish bilan ta’minlanadi.

Tijorat bankining 17 million 700 ming AQSh dollari miqdoridagi mablag‘i yo‘naltirilayotgan mazkur inshoot loyihasi joriy yil iyul oyida O‘zbekiston rahbari tomonidan Namangan viloyatiga tashrifi chog‘ida qo‘llab-quvvatlangan edi, deb yozadi nashr.

Yangiliklar lentasi
0