O‘zbekiston masjidlarida azon yana ovoz kuchaytirgichlar orqali aytilmoqda

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston musulmonlar idorasi azonni ovoz kuchaytirgich orqali aytish hukumat tomonidan rasman taqiqlanmaganligini bildirdi

TOShKENT, 7 noya – Sputnik. O‘zbekistonda masjidlarda azon aytish vaqtida yana ovoz kuchaytirgichlardan foydalanilmoqda, deb xabar berdi RIA Novosti mahalliy OAVlarga tayanib.

Uch yoshli o‘zbek qizi Amerikadagi qorilar musobaqasi g‘olibi bo‘ldi - Sputnik O‘zbekiston
Uch yoshli o‘zbek qizi Amerikadagi qorilar musobaqasi g‘olibi bo‘ldi

Toshkentning qator tumanlaridagi masjidlarda muazzinlar azonni ovoz kuchaytirgichlar orqali aytishmoqda. Mahalliy OAVlarning ma’lumotlariga qaraganda, O‘zbekistonda oxirgi o‘n yil davomida fuqarolarning murojaatlari tufayli azon faqatgina ibodat qilgani kelganlar eshitadigan tarzda masjid ichida aytilgan.

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari shuningdek, Andijon va Farg‘ona viloyatlaridagi ba’zi masjidlarda ham azon ovoz kuchaytirgichlar orqali aytilayotganligini ma’lum qilishgan.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi RIA Novostiga azonni ovoz kuchaytirgich orqali aytish hukumat tomonidan rasman taqiqlanmaganligini bildirgan.

O‘zbekistonda aholining 94 foizi islom diniga, 3,5 foizi pravoslav xristian diniga, qolgan qismi esa boshqa dinlarga e’tiqod qiladi. Hozirda mamlakatda 2037ta masjid faoliyat ko‘rsatadi.

Yangiliklar lentasi
0