O‘zbekiston va Tojikiston parallel energotizim ishini tiklaydi

© Sputnik / Tabildi KadirbekovLinii elektroperedachi v ushelye Chichkan v Kirgizii
Linii elektroperedachi v ushelye Chichkan v Kirgizii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilgariroq O‘zbekiston Turkmanistondan Markaziy Osiyoning boshqa mamlakatlariga elektr energiyasini tranzit qiluvchi uzatish tizimi ishlashga tayyor ekanligini bildirgandi

TOShKENT, 7 noya — Sputnik. O‘zbekiston Tojikiston energiya tizimi bilan parallel ishlash uchun beshta elektr uzatish liniyasini tayyorlash ishlarini yakuniga yetkazdi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

"Asosiy vazifalarimizdan biri O‘zbekiston va Tojikiston energiya tizimlarining parallel faoliyatini tiklashdir. Bugungi kunda o‘zbek va tojik energotizimlarini bog‘lovchi to‘rtta 220 kV va bitta 500 kV kuchlanishga ega liniya tayyor bo‘ldi. Biz ularni ishga tushirishga tayyormiz", —dedi "O‘zbekenergo"ning strategik rivojlanish boshqarmasi boshlig‘i Eso Sadullayev Sputnik muxbiriga.

Ammo mutaxassisning aytishicha, mazkur quvvatlarni ishga tushirish uchun ma’lum bir texnik ko‘rsatkichlar bajarilishi lozim.

Elektricheskaya podstansiya - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Turkmanistondan elektr energiyasi olish tizimini shay holga keltirdi

"Ushbu liniyalarning ishonchliligini va avariyalarning oldini olishni ta’minlash uchun releli himoya va avtomatika loyihasi ishlab chiqilishi darkor. Bu ish tojik tomonining zimmasida. Hozirda mazkur loyiha ishlab chiqilmoqda, bilishimcha, ushbu yo‘nalishda "Rosatom", "Energosetproyekt" bilan muzokaralar o‘tkazilgan. Loyiha tayyor bo‘lishi bilan mutaxassislar O‘zbekiston va Tojikiston nimstansiyalarida qo‘llanila boshlanadi va ikki mamlakat energotizimi parallel ishlaydigan bo‘ladi", — dedi "O‘zbekenergo" vakili.

Loyihani amalga oshirishni tezlashtirish uchun tomonlar boshqa variantlarni ham ko‘rib chiqishmoqda.

"Biz tojik tomoniga har qanday ko‘rinishdagi hamkorlikni rivojlantirish va ulanishni amalga oshirishga tayyorligimizni ma’lum qildik. Ularning javobini kutmoqdamiz", — ta’kidladi Eso Sadullayev.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda O‘zbekiston Markaziy Osiyo yagona energetik halqasini kengaytirish va faoliyatini kuchaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Ushbu halqa sobiq Ittifoq davrida tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘izistonga umumiy quvvatlardan foydalanish va energiya taqchilligida muammoga duch kelmaslik imkoniyatini bergan. Ammo SSSR tarqalganidan keyin mazkur tizim faoliyati to‘xtab qolgan.

Yangiliklar lentasi
0