TOShKENT, 7 noya — Sputnik. Qozog‘istonning Akmolin viloyati Stepnogorsk shahrida yashovchi fuqaro tarkibida oltin mavjud rudani qayta ishlovchi yashirin sexni tashkillashtirgan, deb xabar berdi Qozog‘iston Ichki ishlar departamenti matbuot-xizmati.
Xabarda aytilishicha, 6-noyabr kuni uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi xodimlari tomonidan Zavodskaya posolkasida tarkibida oltin mavjud materiallarni qayta ishlovchi noqonuniy sex aniqlangan.
Tekshiruv ishlari davomida sexdan maydalash mashinasi, oltin yuvadigan stol, umumiy og‘irligi 400 killogrammni tashkil qiluvchi 13 qop oltin ruda aniqlangan.
Politsiya noqonuniy yashirin sex kim tomonidan tashkillashtirilganini aniqlagan. U Stepnogorskda yashovchi 1970-yilda tug‘ilgan shaxs bo‘lib chiqqan. Uning yonidan 10 gramm shlixtalangan oltin topilgan.
Fuqaro ustidan "Yer boyliklaridan o‘zboshimchalik bilan foydalanish" moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.