O‘zbekistonda haydovchilar uchun majburiy o‘quv kurslari narxi e’lon qilindi

CC0 / pixabay / Voditel za rulem avtomobilya
Voditel za rulem avtomobilya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kurslar kuniga uch soatgacha bo‘lib, faqat bir hafta davom etadi. O‘qitish qiymati - eng kam ish haqining ikki barobariga teng

TOShKENT, 7 noya — Sputnik. Avtomobil haydovchilari malakasini oshirish bo‘yicha maxsus huquqqa ega bo‘lgan "Avtotest" kompaniyasi o‘z rejalari haqida ma’lum qildi, deb xabar berdi Sputnik muxbiri.

Voditelskoe udostoverenie Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Haydovchilik guvohnomalarini berish uchun to‘lovning yangi miqdorlari tasdiqlandi

Eslatib o‘tamiz, 2018-yilning 1-yanvaridan yuridik shaxslar avtotransport vositalarini boshqaruvchi shaxslar malakasini oshirish tartibi, "Avtotest Report" MChJ o‘quv majmuasini O‘zbekiston Respublikasida ushbu malakani oshirish faoliyatini amalga oshirish bo‘yicha maxsus huquqqa ega kompaniya sifatida belgilagan holda joriy etish lozimligi haqida qaror qabul qilindi.

Avtotest vakillari bu borada o‘z rejalari bilan tanishtirishdi. Ma’lum qilinishicha, ishlab chiquvchilar kurslarni sig‘imli va maksimal samarali qilishgan. Kurslar kuniga uch soatgacha bo‘lib, faqat bir hafta davom etadi. O‘qitish qiymati ham maqbul — eng kam ish haqining ikki barobari (299 ming 550 so‘m)ga teng.

Mashg‘ulotlarda kurslar uchun maxsus ishlab chiqilgan Avtotest 3.0 dasturidan hamda multimedia vositalaridan faol foydalaniladi.

Avtotest markazlarni yaratish va rivojlantirishga 25 milliarddan ortiq so‘m yo‘naltiradi. Bu markazlar o‘qitishning innovatsion uslublarini joriy etish uchun zamonaviy qurilmalar bilan jihozlanadi, ular hozirda O‘zbekistonda analoglarga ega emas. Markazlarda mingtadan ortiq ish o‘rinlari tashkil etiladi.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili yuridik shaxslarga tegishli transport vositalari ishtirokida 972ta YTH yuz bergan. Oqibatda 1500dan ortiq kishi jarohatlangan, 357 kishi hayotdan ko‘z yumgan.

Yangiliklar lentasi
0