TOShKENT, 7 noya – Sputnik. Janubiy Koreyaning Hyundai Motor Company kompaniyasi O‘zbekistonga yuk mashinalari yetkazib berish bo‘yicha shartnoma imzoladi, deb xabar bermoqda Podrobno.uz Koreyaning Yonhapnews agentligiga tayanib.
Umumiy qiymati 14 million dollarlik 182 dona yuk mashinasi 2018-yil fevraligacha yetkazib beriladi. Ulardan Toshkent sanitariya xizmatlari uchun foydalaniladi, deyiladi Yonhapnews xabarida.
Bu ushbu kompaniyaning O‘zbekistonga ikkinchi marta yuk avtomobillari yetkazib berishidir. Kompaniya 2001-yilda 200 dona yuk mashinasini eksport qilgandi.
Eslatib o‘tamiz, ilgariroq Rossiyaning "KAMAZ" kompaniyasi va "O‘zavtosanoat" AJ O‘zbekistonda yuk avtotransportlarini ishlab chiqarishni tashkil etish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolagandi.