O‘zbekistonga ijtimoiy ahamiyatga ega dori-darmonlar tendersiz va kvotasiz olib kelinadi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishMedikamenti i preparati dlya zdorovya v meditsinskom punkte
Medikamenti i preparati dlya zdorovya v meditsinskom punkte - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Endi respublikaga ijtimoiy ahamiyatga ega dorilarni nafaqat mahalliy kompaniyalar, balki xorijiy kompaniyalar tomonidan keltiriladi. Shu bilan birga, dorilarning olib kelish miqdori chegaralanmaydi

TOShKENT, 31 okt — Sputnik. Kuni kecha O‘zbekiston prezidenti "Ayrim O‘zbekiston Respublikasi prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi farmonni imzoladi.

Lekarstvo ot diarei - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda haydovchilarni ich ketishga qarshi dori bilan aldashmoqda

Ushbu farmon talablariga ko‘ra, respublikaga ijtimoiy ahamiyatga ega dori-darmonlarni tendersiz va kvotasiz olib kelish mumkin.

Shuningdek, Tashqi savdo vazirligi tomonidan tender o‘tkazish o‘rniga har chorakda jahon narxlari tahlil qilinadi. Tahlil asosida ijtimoiy ahamiyatga ega dorilar va tibbiyot buyumlarining belgilangan import qiymatidan oshib ketmasligi ta’minlash bo‘yicha takliflarni maxsus respublika komissiyasiga kiritib boradi. Ushbu narxdan qimmat bo‘lgan dorilarni olib kelish bo‘yicha import shartnomalarini tuzishga ruxsat berilmaydi.

Bundan tashqari, Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan dorilarni import qilishni nazorat qilmaydi. Boshqacha qilib aytganda, kvotalar belgilanmaydi.

Dorilar nafaqat mahalliy kompaniyalar, balki xorijiy kompaniyalar tomonidan ham keltirilishi mumkin. Dorilarni olib kelish miqdori chegaralanmaydi. Sog‘liqni saqlash vazirligining hududiy nazorat inspeksiyalari tomonidan dorixonalardagi narx-navolar nazorat qilinadi.

Yangiliklar lentasi
0