AQSh roxinya xalqini sig‘dirmagan Myanma hukumatiga qarshi sanksiya kiritishi mumkin

© FRED DUFOUR / AFPBejensi Roxinya pri perexode granisi iz Myanmi v Bangladesh v rayone reki Nef, v Vaykyane 9-oktabrya 2017 goda
Bejensi Roxinya pri perexode granisi iz Myanmi v Bangladesh v rayone reki Nef, v Vaykyane 9-oktabrya 2017 goda - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh Kongressi a’zolari o‘z maktubida, shuningdek, 2016-yilning oktabrida bekor qilingan sanksiyalarni qaytarishni, hamda respublikada vaziyat keskin tus olishiga sabab bo‘lganlarga qarshi alohida cheklov choralarini ishlab chiqishga chaqirishgan

TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Vashington roxinya xalqini sig‘dirmagan Myanma hukumatiga nisbatan sanksiyalarni kiritishi mumkin.

Amerika kongressmenlari shunday taklif bilan AQSh Davlat kotibi Reks Tillersonga murojaat qilishgan.

AQSh Kongressi a’zolari o‘z maktubida, shuningdek, 2016-yilning oktabrida bekor qilingan sanksiyalarni qaytarishni, hamda respublikada vaziyat keskin tus olishiga sabab bo‘lganlarga qarshi alohida cheklov choralarini ishlab chiqishga chaqirishgan.

Bejensi roxindja posle visadki na beregu goroda Teknaf, Bangladesh - Sputnik O‘zbekiston
BMT myanmalik musulmonlarga nega hujum uyushtirilgani haqida bayonot berdi
"Biz sizni Myanmada qamalda qolganlarni yoxud u yerga qaytmoqchi bo‘layotganlarni himoya qilish  uchun qo‘ldan kelgan barcha choralarni qabul qilishga chorlaymiz", deyilgan murojaat maktubida.

Eslatib o‘tamiz, Migratsiya bo‘yicha xalqaro tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Rakxayn shtatida 27-avgustda alanga olgan zo‘ravonliklardan so‘ng, ikki oy ichida Myanmani 589 ming nafar roxinya musulmonlari tark etishgan. Ularning barchasi Bangladeshga yo‘l olib, 200 ming nafardan ortiq qochqin roxinyalar yashab kelayotgan ikkita lagerdan joy olishgan. Ayni vaqtda Bangladeshda qochqin roxinyalar soni 800 mingdan ortiqni tashkil qiladi.

Yangiliklar lentasi
0