O‘zbekiston yengil sanoat eksporti sohasida yangi bozorlarni o‘zlashtirishda davom etmoqda

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovMejdunarodnaya xlopkovaya vistavka v Tashkente
Mejdunarodnaya xlopkovaya vistavka v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shu kechayu-kunduzda O‘zbekiston dunyo bo‘ylab 40ga yaqin to‘qimachilik korxonalariga ega. "Made in Uzbekistan" savdo belgisi ostida mahsulotlar dunyoning 50dan ziyod davlatlariga eksport qilinmoqda

TOShKENT, 24 okt — Sputnik. Yengil sanoat eksport sohasining yetakchi tarmoqlaridan biriga aylandi. Bu haqda kuni kecha Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan XIII Xalqaro paxta yarmarkasida qayd etildi, deb xabar qildi Sputnik muxbiri.

Eksport tarkibiga tayyor tikuvchilik to‘qimachilik mahsulotlarining yangi turlari, modellari, naqsh trikotaj mahsulotlari kiritilgan, korxonalar chet el bozorlarida o‘z o‘rnini mustahkamlab kelmoqda.

Tekstilnie fabriki Uztex Chirchik i Eurotex Global v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya O‘zbekiston paxtasi uchun "yashil yo‘lak" tashkil qiladi
Eksport hajmi 1,4 mlrd. dollarni tashkil qilsa, o‘tgan yili eksporti yuqori qo‘shimcha qiymatli mahsulotlar ulushi jami 42 %ni tashkil etdi.

Shu kechayu-kunduzda O‘zbekiston dunyo bo‘ylab 40ga yaqin to‘qimachilik korxonalariga ega. "Made in Uzbekistan" savdo belgisi ostida mahsulotlar dunyoning 50dan ziyod davlatlariga eksport qilinmoqda. Ular orasida YeI mamlakatlari, MDH va Lotin Amerikasi, Koreya Respublikasi, Xitoy, Singapur, Eron, Isroil, AQSh va boshqa davlatlarni sanab o‘tish mumkin.

So‘ngi yillarda Pokiston, Gruziya, Xorvatiya, Nigeriya singari qator yangi bozorlar o‘zlashtirildi.

O‘zbekiston to‘qimachilik korxonalari Germaniya, Koreya Respublikasi, Rossiya, Belarus, Latviya va boshqa davlatlarda o‘tkazib kelinayotgan xalqaro yarmarkalarda faol ishtirok etib kelishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0