TOShKENT, 18 okt — Sputnik. 2017 yil 17-oktabr kuni O‘zbekistonga amaliy tashrif bilan kelgan Checheniston Respublikasi rahbari Ramzan Qodirov Samarqand shahridan Buxoro viloyatiga yetib keldi.
Mehmonlar Buxoro xalqaro aeroportida tantanali kutib olindi. Martabali mehmon Buxoroga tashrifini Kogon tumanidagi Bahouddin Naqshband yodgorlik majmuasi bilan tanishishdan boshladi.
Ramzan Qodirov Mir Arab Oliy madrasasining faxriy talabasi sifatida o‘qishga qabul qilingani Oliy madrasa rektori Haydarxon Yo‘ldoshxo‘jayev tomonidan e’lon qilindi.
Ramzan Qodirov otasi tahsil olgan xonaga kirib hayratga tushdi
Buxoro viloyatiga tashrif buyurgan Ramzan Qodirov marhum Checheniston Respublikasining birinchi Prezidenti Ahmad xoji Qodirovning ushbu madrasada yashab tahsil olgan "Mir arab" madrasasidagi xonasini kirib ko‘rdi.
Xonada Ahmad xoji Qodirovning birga ta’lim olgan tengdoshlari haqidagi lavhalar mehmonlarning xayratiga sabab bo‘ldi. Ramzan Qodirov tashrifi asnosida ushbu bilim dargohi ko‘plab mamlakatlarda sof islom e’tiqodini shakllanishida xizmat qilganini mamnuniyat bilan e’tirof etdi.
So‘ngra, mehmonlar bilim yurtining tarixi va unda tahsil olgan talabalar haqidagi ma’lumotlar bilan tanishdi. Mir Arab madrasasi ziyorati Checheniston rahbarida katta taassurot qoldirdi.