Tadbirkorlarga Germaniyada amaliyot o‘tash to‘g‘risida seminar o‘tkaziladi

© Stranitsa TPP Uzbekistana v FacebookZdanie Torgovo-promishlennoy palati Uzbekistana
Zdanie Torgovo-promishlennoy palati Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati tomonidan boshqaruvchilar uchun xorijiy dasturda ishtirok etish masalalari haqida tushunchalar beriladi

TOShKENT, 17 okt — Sputnik. Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida 17-oktabr kuni Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati vakillari ishtirokida qo‘shma o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkaziladi, deb xabar qildi Savdo sanoat palatasi matbuot xizmati.

Zavod po proizvodstvu avtobusov MAN v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda O‘zbekiston-Germaniya biznes-forumi bo‘lib o‘tadi

Mashg‘ulotlarda "Boshqaruvchi kadrlarni tayyorlash dasturi" doirasida 2006-2016 yillarda Germaniyada amaliyot o‘tgan boshqaruvchilar uchun o‘tkaziladi.

Shuningdek, Farg‘ona viloyati "Tadbirkorlik markazi"da qo‘shni viloyatlar tadbirkorlarini jalb qilgan holda o‘quv mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

Mazkur tadbir Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati va Savdo sanoat palatasi tomonidan o‘tkaziladi.

Seminarning asosiy maqsadi — xalqaro dastur imkoniyatlari haqida yanada batafsil ma’lumotlarni taqdim etish hamda respublikada Germaniyada amaliyot o‘tgan boshqaruvchi kadrlarni ko‘paytirishdir.

Yangiliklar lentasi
0