Atambayev O‘zbekistonga keladi

© Ofitsialniy sayt prezidenta KRPrezident Kirgizstana Almazbek Atambayev i Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Kirgizstana Almazbek Atambayev i Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Shavkat Mirziyoyev va Almazbek Atambayev Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston va Qirg‘iziston sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasiga tashrif buyuradilar

TOShKENT, 4 okt — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Qirg‘iziston Respublikasi Prezidenti Almazbek Atamboyev 2017-yil 5-6 oktabr kunlari davlat tashrifi bilan mamlakatimizda bo‘ladi, deb xabar qildi O‘zbekiston TIV matbuot-xizmati.

Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev va O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev uchrashuvi - Sputnik O‘zbekiston
"O‘rtamizda chegara emas, do‘stlik darvozalari bo‘ladi" - ikki prezidentdan va’da
"O‘zbekiston Prezidentining 5-6 sentabr kunlari Qirg‘izistonga davlat tashrifi chog‘ida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi muloqotning davomi sifatida ikki davlat rahbarlari o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish istiqbollarini muhokama qiladilar, mintaqaviy va xalqaro siyosatning dolzarb masalalari bo‘yicha fikr almashadilar", — deb ta’kidlangan xabarda.

Davlat rahbarlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston va Qirg‘iziston sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasiga tashrif buyuradilar.

Muzokaralar yakunlari bo‘yicha Prezidentlar O‘zbekiston Respublikasi va Qirg‘iziston Respublikasi o‘rtasida Qo‘shma deklaratsiyani qabul qilishi kutilmoqda.

Tashrif doirasida turli sohalarda o‘zaro aloqalarni mustahkamlashga qaratilgan qator ikki tomonlama hujjatlar imzolanishi rejalashtirilgan..

Yangiliklar lentasi
0