Nurullo Otaxonov qamoqdan chiqarildi

Obuna bo‘lish
Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, 27-sentabr kuni hibsga olingan yozuvchi Nurullo Otaxonov qamoqda chiqarildi.

TOShKENT, 2 okt — Sputnik. Yozuvchi Nurullo Otaxonov (taxallusi Nurullo Muxammad Raufxon) kecha qamoqdan ozod qilindi, deb xabar qildi yozuvchining o‘g‘li Fayzullaxon Otaxonov o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

"Hozirgina uydan xabar keldi. Dadamlarni aeroportdan kishanlangan holda olib borilgan Yashnobod tuman Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i o‘zining xizmat moshinasida Toshturmadan chiqarib eshigimiz tagiga qo‘yib ketgan. Bundan keyin nima bo‘ladi hozircha ma’lum emas, hech qanday tushuntirish berishmagan. Ammo uyda bo‘lishlari barchamiz uchun katta yangilik", — deb yozadi Fayzullaxon Otaxonov.

Muxammad Nurullox - Sputnik O‘zbekiston
Toshkent shahar IIBB yozuvchi Nurullo Otaxonov nega hibsga olinganiga izoh berdi

Eslatib o‘tamiz, Nurullo Otaxonov ushbu yilning 27-sentabrida Istanbuldan uchib kelganidan so‘ng hibsga olingan edi. Unga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 159 (Konstitutsion tuzimni buzishga harakat qilish) va 144 (jamoat xavfsizligiga tahdid soluvchi materiallar saqlash va tarqatish) bandlari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Fayzulla Otaxonov Facebookda xabar qilishiga ko‘ra, jinoiy ish qo‘zg‘atilishiga Nurullo Otaxonovning "Bu kunlar" asari sabab bo‘lgan. Ushbu asarda O‘zbekistonda mustaqillik yillarida yo‘l qo‘yilgan xatolar sanab o‘tilgan.

Yangiliklar lentasi
0