Toshkentda MDH hukumat rahbarlari kengashi yig‘ilishi o‘tkaziladi

© Internet-portal SNGFlagi stran uchastnis SNG
Flagi stran uchastnis SNG - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Joriy yilning avgust oyida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi raisi - ijrochi kotibi Sergey Lebedev bilan uchrashgandi

TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Shu yilning 3-noyabr kuni Toshkentda Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi mamlakatlari hukumat rahbarlari kengashining yig‘ilishi o‘tkaziladi. Bu haqda MTD Ijroiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Mejdunarodniy ekonomicheskiy forum gosudarstv-uchastnikov SNG - Sputnik O‘zbekiston
Kamilov va Lebedev MDHning dolzarb masalalari bo‘yicha fikr almashishdi

Joriy yilning avgust oyida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi Ijroiya qo‘mitasi raisi — ijrochi kotibi Sergey Lebedev bilan uchrashgandi.

Uchrashuvda MDH kun tartibining dolzarb masalalari, Hamdo‘stlikka a’zo mamlakatlarning Davlat rahbarlari kengashi (Sochi shahri), Hukumat rahbarlari kengashi (Toshkent shahri) va Tashqi ishlar vazirlari kengashi yig‘ilishlariga tayyorgarlikning borishi muhokama qilingandi.
MDH hukumat rahbarlarining oxirgi uchrashuvi 2017-yilning may oyida Qozon shahrida bo‘lib o‘tgandi.

Yangiliklar lentasi
0