O‘FF yana ikki hakamni hakamlikdan vaqtincha chetlatdi

© Jean Christophe VERHAEGEN / AFPFutbolniy sudya
Futbolniy sudya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Referi yordamchisi Aleksandr Burovning bahosini ko‘tarib qo‘yganligi uchun nazoratchi hakam Alisher Abdullayev qo‘mita qaroriga ko‘ra O‘zbekiston Chempionati, Birinchiligi va O‘zbekiston Kubogi uchrashuvlari doirasidagi 4 ta o‘yindan chetlatildi

TOShKENT, 27 sen — Sputnik. Kecha O‘FFda Hakamlar va nazoratchilar qo‘mitasining navbatdagi majlisida Olim Tolibjonovning hakamligi yuzasidan yakuniy qaror qabul qilindi. Bu haqda O‘FF matbuot xizmati xabar qildi.

Olim Tolibjonov Oliy Liga 22-turi doirasidagi "Sho‘rtan" (G‘uzor) — "Navbahor" (Namangan) uchrashuvini boshqarib, yakunda ishi nazoratchi Alisher Abdullayev tomonidan qoniqarsiz (4,0) ballga baholangandi.

Glavniy sudya vo vremya futbolnogo matcha - Sputnik O‘zbekiston
Muxlislar murojaati qondirildi: oliy liga hakami hakamlikdan chetlatildi

Federatsiyaning hakamlar va nazoratchilar ilmiy-uslubiy ta’minoti bo‘limi Olim Tolibjonovning ishini "qoniqarsiz" deb baholadi. Shu asosda, Hakamlar va nazoratchilar qo‘mitasi uni O‘zbekiston Chempionati, Birinchiligi va O‘zbekiston Kubogi o‘yinlari doirasidagi 10 ta o‘yinga chetlatdi. Bundan tashqari, uning xizmat haqi 75 foizga kamaytirildi.

Shu bilan bir vaqtda, "Sho‘rtan" — "Navbahor" bellashuvidagi referi yordamchisi Aleksandr Burovning bahosini ko‘tarib qo‘yganligi uchun nazoratchi hakam Alisher Abdullayev qo‘mita qaroriga ko‘ra O‘zbekiston Chempionati, Birinchiligi va O‘zbekiston Kubogi uchrashuvlari doirasidagi 4 ta o‘yindan chetlatildi. Abdullayevning xizmat haqi 75 foizga kamaytirildi.

Eslatib o‘tamiz, Oliy Liga 21-turi doirasidagi "Buxoro" — "Dinamo" uchrashuvini boshqargan Rustam Bobomurodov qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ygani tufayli umrbod hakamlikdan chetlatilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0