TOShKENT, 26 sen — Sputnik. Joriy yil 24-sentabr kuni "Lada" mashinasi ishtirokida yirik YTH sodir bo‘ldi, bu haqda Toshkent shahar IIBB rasmiy saytida xabar berildi.
Natijada, kollej o‘quvchisi kasalxonaga olib ketilgan va unga "bosh miya yopiq jaroxati, bosh miya chayqalishi" tashxisi tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
"VAZ-21013" avtoulov yo‘lovchisi bo‘lgan ayol ham jaroxatlar bilan kasalxonaga murojaat etgan.
Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXBning huquqbuzarliklar bilan kurashish bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 133-moddasi (Transport vositalari haydovchilarining yo‘l harakati qoidalarini buzishi jabrlanuvchiga yengil tan jarohati yoki ancha miqdorda moddiy zarar yetkazilishiga olib kelishi) alomatlari bilan ma’muriy ish qo‘zg‘atilgan.