O‘zbekiston va Afg‘oniston temir-yo‘l sohasida hamkorlikni muhokama qildi

Obuna bo‘lish
Uchrashuvda temir-yo‘l transporti sohasida O‘zbekiston va Afg‘oniston hamkorligiga doir muhim ikki tomonlama hujjatlar loyihalari muhokama qilindi

TOShKENT, 25 sen — Sputnik. 2017 yilning 23-sentabr kuni Termez shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Afg‘oniston Islom Respublikasi delegatsiyalari uchrashuvi bo‘lib o‘tdi, deb xabar qildi O‘zbekiston Hukumat portali.

Shavkat Mirziyoyev vistupil na 72-y sessii Generalnoy Assamblei OON - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev Tramp ma’muriyatining Afg‘onistonga oid da’vatini qo‘llab-quvvatladi
Afg‘oniston Temir yo‘llari boshqarmasi bosh direktori Mohamad Yama Shams boshchiligidagi delegatsiya tarkibidan Afg‘oniston Prezidentining MDH ishlari bo‘yicha Maxsus vakili ofisi, tashqi ishlar va moliya vazirliklari vakillari ham o‘rin olgan.

Uchrashuvda temir-yo‘l transporti sohasida O‘zbekiston va Afg‘oniston hamkorligiga doir muhim ikki tomonlama hujjatlar loyihalari muhokama qilindi.

Eslatib o‘tamiz, BMT Bosh Assambleyasida nutq so‘zlagan O‘zbekiston prezident Shavkat Mirziyoyev qo‘shni Afg‘oniston muammosiga to‘xtalib o‘tgandi.

"Afg‘onistonda tinchlikka erishishning yagona yo‘li — markaziy hukumat va mamlakat ichidagi asosiy siyosiy kuchlar o‘rtasida oldindan hech qanday shart qo‘ymasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot olib borishdir", — deb ta’kidlagandi Mirziyoyev.

Shuningdek, Mirziyoyev O‘zbekiston Afg‘onistonning iqtisodiy tiklanishiga, uning transport va energetika infratuzilmasini rivojlantirishga, milliy kadrlarini tayyorlashga katta hissa qo‘shayotgani va bundan keyin ham hissa qo‘shishi haqida qo‘shimcha qilgandi.

Yangiliklar lentasi
0