Qozog‘istondagi O‘zbekiston elchixonasi Ostonada yuz bergan baxtsiz hodisani o‘rganmoqda

© © Foto: KChS MVD RK Ostonada bino qulashi oqibatida 2 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
Ostonada bino qulashi oqibatida 2 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qozog‘istonning tegishli organlari tomonidan tezkor tergov guruhi tuzildi va tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi rasmiy axborotda

TOShKENT, 19 sen — Sputnik. O‘zbekiston Hukumat portali rasmiy saytida O‘zbekistonning Qozog‘istondagi Elchixonasi axboroti e’lon qilindi.

Perekritie i stena obrushilis v stroyashemsya dome v Astane - Sputnik O‘zbekiston
Ostonada baxtsiz hodisa yuz bergan bino rahbari qo‘lga olindi
Axborotda Qozog‘istondagi O‘zbekiston elchixonasi Ostonada yuz bergan baxtsiz hodisani o‘rganayotgani ma’lum qilingan.

"Qozog‘iston OAV bergan ma’lumotga ko‘ra 2017-yilning 17-sentabr kuni oqshomda Ostona shahrida qurilayotgan obyekt hududida tom va devorlar qulab tushgan. Natijada, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 3 ta O‘zbekiston fuqarosi jabrlangan bo‘lib, ulardan 2 kishi halok bo‘lgan va 1 kishi kasalxonaga yotqizilgan.

Qozog‘istonning tegishli organlari tomonidan tezkor tergov guruhi tuzildi va tergov harakatlari olib borilmoqda.

Elchixonaning konsullik bo‘limi tomonidan favqulodda holat haqida batafsil ma’lumot olish uchun qator chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda", — deyiladi xabarda.

Yangiliklar lentasi
0