Sayyohlar mehmonxonalarda to‘lovlarni faqat milliy valyutada amalga oshiradilar

Obuna bo‘lish
Sayyohlar respublika mehmonxonalarida sayyohlik yig‘imini markaziy bank kursida to‘lashlari mumkin

TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Sayyohlar mehmonxonalarda to‘lovlarni faqat milliy valyutada to‘lashlari mumkin. Istisno tariqasida naqdsiz to‘lovlarni xalqaro plastik kartalar yordamida amalga oshirish mumkin.

Britanskiy flag na fone Big-Bena v Londone - Sputnik O‘zbekiston
Salom, London: O‘zbekiston va Buyuk Britaniya o‘rtasida viza olish tartibi soddalashtiriladi

Bu haqda turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati xabar qildi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi ma’lum qilishicha, sayyohlar respublika mehmonxonalarida sayyohlik yig‘imini markaziy bank kursida to‘lashlari zarur. Kuni kecha O‘zbekiston Markaziy banki 2017-yil 12-sentabrdan dollar kursini 8092.13 so‘mga, yevro qiymatini esa 9 718.65 so‘mga teng qilib belgilagan edi.

Yaqin vaqtlarda respublika hukumati sayyohlik yig‘imining yangi miqdorini belgilash bo‘yicha ishlarni amalga oshiradi.

Bu yangilanishlar mamlakatda valyuta siyosatini liberalashtirilishi bilan bog‘liqdir.

Eslatib o‘tamiz, joriy yil 2-sentabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev "Valyuta siyosatini erkinlashtirish bo‘yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi farmonni imzolagan edi. Ushbu farmon bilan jismoniy va yuridik shaxslarga xorijiy valyutalarni sotish va ulardan sotib olishdagi uzoq yillik cheklovlar bekor qilindi. Valyuta kursini belgilashda bozor mexanizmlaridan foydalanishi ta’kidlangan.

Yangiliklar lentasi
0