Tanishing, prezident jamoasining yangi a’zosi

© Foto : Iz lichnogo arxiva Gavxar SagdullayevoyGavxar Sagdullayeva
Gavxar Sagdullayeva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti bitiruvchisi Gavhar Sagdullayeva Xalq ta’limi vazirligidagi yangi - O‘quvchi-yoshlar bilan ishlash boshqarmasi bosh nazoratchisi etib tayinlandi

TOShKENT, 12 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidentining jamoasida yangi a’zo paydo bo‘ldi, deb yozdi mamlakat tarixida xalq ta’limi vazirining eng yosh o‘rinbosari bo‘lgan Alisher Sa’dullayev o‘zining Facebookdagi sahifasida.

Uning yozishicha, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti bitiruvchisi Gavhar Sagdullayeva Xalq ta’limi vazirligidagi yangi — O‘quvchi-yoshlar bilan ishlash boshqarmasi bosh nazoratchisi etib tayinlandi.

Alisher Sadullayev - Sputnik O‘zbekiston
Sa’dullayev 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlarni "Prezident jamoasi"ga ishga taklif qildi

"Ajoyib yangilik! Prezident jamoasining ilk a’zolari! Agar yodingizda bo‘lsa, vazirligimizda yangi — O‘quvchi-yoshlar bilan ishlash boshqarmasi ochilayotgani haqida xabar bergan edik. Xalq ta’limi vaziri o‘rinbosari bo‘lgan kunimdan boshlab yangicha fikrlaydigan, davlatimizdagi islohotlarga o‘z hissasini qo‘sha oladigan yoshlar jamoasini yig‘ishni oldimga eng ustuvor maqsad qilib qo‘ygandim. Ana shu yangi boshqarmaning xodimlari va prezident jamoasining ilk a’zolari bilan sizni tanishtirib o‘tmoqchiman", — deb yozadi Sa’dullayev.

Gavhar Sagdullayeva — respublikada qizlar yo‘nalishidagi eng ommabop Girls development club Tashkent — GDC (Barkamol qizlar klubi) loyihasi, Upgrade Women's Center loyihasi asoschisi, "Kelajak ovozi-2012" Respublika tanlovi laureati, Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlar ko‘rik-tanlovining Respublika bosqichi ishtirokchisi, Mening Yurtim — MY5 telekanali sobiq jurnalisti.

Sa’dullayev bugungi kunda eng asosiy vazifalardan biri o‘quvchi-qizlarni ta’lim sohasida loyihalar, fanga oid izlanishlar olib borishga yo‘naltirish, adabiyot, san’at, madaniyat sohalaridagi ilg‘orligini, ijtimoiy faolligini oshirish deb biladi.

Uning yozishicha, aynan shuning uchun Xalq ta’limi vazirligida bunga oid bir nechta loyihalar ishlab chiqilgan bo‘lib, ulardan eng asosiysi "Barkamol qizlar klubi" loyihasini Respublika maktablariga targ‘ib qilishdir. Bu sohani takomillashtirish Gavhar Sagdullayevaning vazifasiga kiradi.

Yangiliklar lentasi
0