Dushanbedan javob: oktabrda Toshkentda tojik mahsulotlari namoyish etiladi

© SputnikVistavka yarmarka produksii promishlennix tovarov Respubliki Uzbekistan 2017
Vistavka yarmarka produksii promishlennix tovarov Respubliki Uzbekistan 2017 - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ko‘rgazmani sentabrda o‘tkazish rejalashtirilgandi, biroq tayyorgarlik jarayonlari sababli oktabrga ko‘chirildi

TOShKENT, 12 sen — Sputnik. Tojikiston hukumati O‘zbekiston hukumatiga 11-14 oktabr kunlari Toshkentda tojik sanoat mahsulotlari ko‘rgazmasini o‘tkazishni taklif etdi, deb xabar bermoqda Sputnik Tojikiston.

Tojikiston hukumatidagi manbaning bildirishicha, ko‘rgazma O‘zekspomarkaz hududida o‘tkazilishi mumkin.

O‘zbekiston poytaxtida 64 tojik korxonasining mahsulotlari namoyish etilishi kutilmoqda. Ushbu ro‘yxatga qurilish materiallari, tog‘-kon sanoati, mashinasozlik hamda yengil sanoat mahsulotlarini kiritish taklif qilinmoqda.

Vistavka yarmarka produksii promishlennix tovarov Respubliki Uzbekistan 2017 - Sputnik O‘zbekiston
Dushanbedagi ko‘rgazmada O‘zbekiston mahsulotlari talash bo‘lmoqda

O‘tgan yil oxirida Dushanbeda bo‘lib o‘tgan Tojikiston va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy hamkorlik bo‘yicha hukumatlararo komissiya majlisida ko‘rgazma tashkil etish haqida kelishib olingandi.

Ilgariroq ko‘rgazmani sentabrda o‘tkazish rejalashtirilgandi, biroq tayyorgarlik jarayonlari sababli oktabrga ko‘chirildi.

Ko‘rgazma doirasida Toshkentda Tojikiston va O‘zbekiston tadbirkorlik hamjamiyatlari ishtirokida biznes-forum o‘tkazish rejalashtirilgan.

Shuningdek, kichik biznes subyektlari va xususiy tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash Fondi va "O‘ztreyd" kompaniyasi Tojikistonda o‘z vakolatxonalarini ochishlari ma’lum qilingan.

Aprel oyida Dushanbedagi "Poytaxt-90" savdo markazida ilk bor O‘zbekiston sanoat mahsulotlari ko‘rgazma-yarmarkasi o‘tkazilgandi. Ko‘rgazma davomida Tojikiston va O‘zbekiston biznes doiralari vakillari umumiy qiymati 35 million dollarlik 20ta kelishuv imzoladi.

Yangiliklar lentasi
0