Rekord palov Toshkentning 14 joyida tarqatiladi

© Foto : Organizatori aksiiV Uzbekistane prigotovat samiy bolshoy plov v mire
V Uzbekistane prigotovat samiy bolshoy plov v mire - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tayyor palov "Muruvvat", "Sahovat", qariyalar va nogironlar uylariga, shuningdek, festival mehmonlariga tadbir hududidagi 14 ta joyda tarqatiladi

TOShKENT, 8 sen — Sputnik. Bugun Toshkentda Milliy telekanali jamoasi tomonidan tashkil etilayotgan "O'zbegim" Milliy qadriyatlar festivali bo‘lib o‘tadi, deb yozmoqda uz24.uz.

Festival doirasida 8 tonnaga yaqin rekord palov tayyorlanadi. Palovning rekordini qayd etish uchun Guinness World Records vakillari taklif etilgan.

Tomoshabinlar - Sputnik O‘zbekiston
Eng katta palov, "Tandir-shou" va modalar namoyishi: Toshkentda "O‘zbegim" festivali o‘tkaziladi

Tayyor palov "Muruvvat", "Saxovat", qariyalar va nogironlar uylariga, shuningdek, festival mehmonlariga tadbir hududidagi 14 ta joyda tarqatiladi.

Palov tayyorlanadigan hudud sanitariya-gigiyena talablariga rioya etish maqsadida to‘sib qo‘yiladi. Jarayon esa festival o‘tkaziladigan hududga o‘rnatilgan 17 ta ekranda namoyish etib boriladi. "Osh damlash" jarayoni, shuningdek, Milliy telekanali, uning mobil ilovasi hamda Guinness World Recordsning Facebook'dagi sahifasi orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etiladi.

Palov tayyorlash jarayonini ushbu havola orqali ham kuzatib borishingiz mumkin.

Osh tarqatish uchun o‘rnatiladigan qozonlar va translyatsiya uchun o‘rnatiladigan monitorlar joyi ro‘yxati:

1. Xalqaro keramika bog‘i (mo‘ljal: Markaziy bank)

2. "Poytaxt" savdo markazi atrofi

3. "Aloqabank" yonida (mo‘ljal: Amir Temur xiyoboni)

4. "Bolajon" istirohat bog‘i (mo‘ljal: Xalq banki binosining orqa tomoni)

5. "O‘zbekiston" Forumlar saroyi oldidagi maydon

6. "O‘zbekiston" mehmonxonasi oldidagi maydon

7. Temuriylar tarixi davlat muzeyi old tomonidagi maydon

8. Temuriylar tarixi davlat muzeyi orqa tomonidagi maydon

9. City Palace mehmonxonasining orqa tomoni

10. Haytt Regency Tashkent mehmonxonasi yonidagi avtoturargoh

11. Simpoziumlar saroyining orqa tomoni

12. A.Navoiy nomidagi Milliy kutubxona oldidagi maydon

13. Yoshlar ijod saroyi oldidagi maydon

14. Saylgoh va Amir Temur ko‘chalari kesishmasi

Yangiliklar lentasi
0