O‘zbekistonga Xitoy delegatsiyasi kelyapti

© AP Photo / Andy WongXitoy milliy bayrog‘i
Xitoy milliy bayrog‘i - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xitoy delegatsiyasi Buxoro shahrida ham bo‘lishi rejalashtirilgan

TOShKENT, 8 sen — Sputnik. O‘zbekistonga Xitoy delegatsiyasi kelyapti, deb xabar qilindi O‘zbekiston TIV rasmiy saytida.

Medrese Sherdor na ploshadi Registan v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Xitoy va Rossiya sayyohlik bozorlariga chiqish rejalarini tayyorlamoqda
"2017-yilning 9-10-sentabr kunlari Xitoy Kommunistik partiyasining Siyosiy burosi a’zosi, XKPning Markaziy qo‘mitasi Siyosiy-yuridik komissiyasi kotibi, Hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Xitoy hukumatlararo qo‘mitasining hamraisi Men Szanchju boshchiligidagi Xitoy Xalq Respublikasi delegatsiyasi O‘zbekistonda bo‘ladi", — deyiladi xabarda.

Xitoy vazirliklari va idoralari, yetakchi kompaniyalari hamda firmalarining vakillari tarkibidagi Xitoy delegatsiyasi Toshkentdagi Hamkorlik bo‘yicha O‘zbekiston-Xitoy hukumatlararo qo‘mitasining 4-yig‘ilishi va ikki mamlakat ishbilarmon doiralarining biznes-forumida ishtirok etadi.

Tashrif dasturiga ko‘ra Buxoro shahrida bo‘lish ham rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0