Milliarder Shodiyev fondi O‘zbekistonda xayriya faoliyati bilan shug‘ullanadi

© Sputnik / Valeriy Levitin / Mediabankka o‘tishSovladeles kompanii "Eurasian National Resources Corporation" Patox Shodiyev
Sovladeles kompanii Eurasian National Resources Corporation Patox Shodiyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Belgiyaning eng boy kishisi hisoblanuvchi Shodiyev "Eurasian National Resources Corporation" (ENRC) kompaniyasi hammuassisi bo‘lib, boyligi 3 mlrd dollardan ortiq deb baholangan

TOShKENT, 7 sen — Sputnik. Adliya vazirligi Shodiyev xalqaro fondining O‘zbekistondagi vakolatxonasini davlat ro‘yxatidan o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shodiyev xalqaro fondining Bosh ofisi Lixtenshteyn knyazligida joylashgan bo‘lib, asosiy maqsadi ilmiy, tibbiy, ijtimoiy, madaniy va ta’lim sohalarida loyihalarni qo‘llab-quvvatlash va homiylik qilish hisoblanadi.

Milliarder Alisher Usmonov - Sputnik O‘zbekiston
Milliarder Alisher Usmonov Islom madaniyati markazi qurilishiga homiylik qiladi

Fondning O‘zbekistondagi vakolatxonasining asosiy maqsadi O‘zbekiston Respublikasi hududida joylashgan bolalar uylariga gumanitar ko‘mak va aholiga tibbiy yordam ko‘rsatish loyihalariga xayriya yordami ko‘rsatishdan iborat.

Vakolatxonaning rahbari etib Keyt Elizabet Maguayr tayinlangan.

Ma’lumot uchun, Fattoh Shodiyev 1953-yilda Jizzax viloyatida tug‘ilgan bo‘lib, hozirda Belgiya fuqarosi hisoblanadi.

© Ministerstvo yustitsii UzbekistanaShodiyev xalqaro fondi vakolatxonasi ro‘yxatdan o‘tkazildi
V Uzbekistane zaregistrirovalos predstavitelstvo fonda milliardera Patoxa Shodiyeva - Sputnik O‘zbekiston
Shodiyev xalqaro fondi vakolatxonasi ro‘yxatdan o‘tkazildi

Ma’lumotlarga qaraganda, Shodiyev "Eurasian National Resources Corporation" (ENRC) kompaniyasi hammuassisi bo‘lib, boyligi 3 mlrd dollardan ortiq deb baholangan. Fattoh Shodiyev Belgiyaning eng boy kishisi hisoblanadi.

Fattoh Qayumovich 1996-yildan buyon xayriya faoliyati bilan shug‘ullanib keladi.

Yangiliklar lentasi
0