Samvel Babayan: Men hozir savollarga javob berishga tayyor emasman

© Federatsiya futbola UzbekistanaGlavniy trener sbornoy Uzbekistana Samvel Babayan
Glavniy trener sbornoy Uzbekistana Samvel Babayan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Janubiy Koreya bilan bo‘lib o‘tgan o‘yindan keyin u qo‘lidan kelgan barcha ishni qilganini aytdi.

TOShKENT, 6 sen — Sputnik. O‘zbekiston terma jaomasining Bosh murabbiyi Janubiy Koreya bilan bo‘lgan muvaffaqiyatsiz o‘yindan keyin qisqa izoh berdi.

"Bugungi o‘yinni hamma ko‘rdi deb o‘ylayman. Bugun biz uchun so‘nggi imkoniyat edi. Afsuski, biz ushbu imkoniyatdan foydalana olmadik. Imkoniyatdan foydalanish uchun bizga atigi bir nechta durang yetishmadi", — dedi Babayan.  

Shundan so‘ng Babayan o‘z murabbiylik faoliyati hamda g‘alaba uchun nima yetishmagani haqida to‘xtalib o‘tdi.

Match Uzbekistan - Yujnaya Koreya - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston – Koreya 0:0

"Men ikki yil avval terma jamoasi JChning 2-saralash bosqichida qabul qilib olgandim. Qo‘limdan kelgan barcha ishni qildim. Mendan keyin keladigan murabbiy ko‘proq ishlashi kerak bo‘ladi. Qachondir bizga muvaffaqiyat uchun nima yetishmaganini aytarman. Hozircha savollarga javob bera olmayman", — dedi Babayan.

Eslatib o‘tamiz, JChning saralovchi bosqichida O‘zbekiston to‘rtinchi o‘rinni egalladi.  A guruhida  chiqish uchun O‘zbekistonga biroz muvaffaqiyat yetishmadi.

Yangiliklar lentasi
0