Yordam puli beriladigan oilalar soni ko‘paytiriladi - Prezident farmoni

© Press-slujba prezidenta RUzO‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston hukumati ijtimoiy yordamga muhtoj aholi qatlamini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha choralar qabul qiladi

TOShKENT, 4 sen — Sputnik. O‘zbekiston hukumatiga ijtimoiy yordamga muhtoj aholi qatlamini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash borasida chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha topshiriq berildi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2-sentabr kuni imzolangan "Valyuta siyosatini liberallashtirish bo‘yicha dastlabki choralar" to‘g‘risida farmonda aytilgan.

Punkt obmena valyut - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 5-sentabrdan erkin konvertatsiya boshlanadi
Hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston rahbari aholining ijtimoiy yordamga muhtoj qatlamini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha choralarni kuchaytirishga topshiriq bergan. Hukumat 2017-2018 yillarda 14 yoshgacha to‘lanadigan bolalar nafaqasini oladigan oilalar miqdorini o‘rtacha 1,5 barobarga, kam ta’minlanganlik evaziga yordam puli oladigan oilalar miqdorini esa o‘rtacha 2 barobarga oshirishni rejalashtirgan.

Shuningdek, prezident ishsiz fuqarolalarga haq to‘lanadigan jamoatchilik ishlarini tashkil etish topshirig‘ini bergan.

Hujjatga ko‘ra, endilikda ish izlab yurgan fuqarolar aholi yashash joylari, mahallalarni obodonlashtirish, ariqlar, irrigatsiya tarmoqlari, uy-komunnal xo‘jaligi obyektlarini ta’mirlash, ko‘chalar va yo‘llarni ta’mirlash ishlarini bajarib, o‘z mehnatlari evaziga haq olishlari mumkin bo‘ladi.

Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan kam ta’minlangan oilalarga qo‘shimcha moliyaviy yordam beriladi. Xususan, uy ta’miri yoxud turar-joy xaridi, shu jumladan, yirik shoxli hayvonlar va birinchi navbatda zarur xo‘jalik texnikalari xaridi singari qo‘shimcha yordam choralari Davlat budjeti, O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi va "Mahalla" xayriya jamg‘armasi hisobidan amalga oshiriladi.

Yangiliklar lentasi
0