Shavkat Mirziyoyevga ochiq xat: maktabda farrosh va kutubxonachi dars bermoqda

© Sputnik / Igor Russak / Mediabankka o‘tishPustoy klass
Pustoy klass - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bu haqda ota-onalar O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevga ochiq xat yozilgan

TOShKENT, 4 sen — Sputnik. Toshkent shahar Yunusobod tumani 80-sonli maktabning ota-onalari prezident Shavkat Mirziyoyevga ochiq xat bilan murojaat qildilar. Murojaatda maktabda o‘quv yili boshlanishining o‘zida o‘quv jarayoni buzilganligi to‘g‘risida shikoyat qilingan. Bu haqda NUZ.UZ xabar qildi. 

Shkolnie budni - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston maktablarida bir necha smenali o‘qish joriy etiladi

Ota-onalar yo‘llagan maktubda yozilishicha, uzoq yillar davomida maktabda yuqori malakali o‘qituvchilar ishlagan. Lekin so‘ngi yilda ularning ko‘pchiligi o‘z xohishiga ko‘ra ishdan bo‘shash to‘hrisida ariza yozishgan. Endi darslar kutubxonachi yoki farrosh bo‘lib ishlayotgan xodimlar tomonidan olib borilmoqda.

"Ko‘plab o‘qituvchilar bo‘shab ketdi. Buning oqibatida o‘quv yili o‘rtasida darslar to‘xtadi. Farzandlarimiz darslar o‘rniga bo‘sh sinflarda yoki oshxonada vaqt o‘tkazishmoqda. Hech qanday bilim olishmayapti. Boshlang‘ich sinflarda darslar katta sinf o‘quvchilari yoki farrosh bo‘lib ishlayotgan xodimlar tomonidan o‘tkazilgan. Shuningdek, bolalar nazoratsiz qolishini oldini olish maqsadida bolalar bilan ota-onalar o‘tirishga majbur bo‘lishgan. O‘quvchilar o‘zboshimchalik bilan maktab hududini tark etish holatlari sodir bo‘lgan. Shunday holatlar bo‘ldiki, bir nafar o‘quvchini ota-onalar bir necha soat davomida qidirishgan. Natijada u maktabdan uzoq bo‘lgan joyda topilgan", — deb yozmoqda NUZ.UZ nashri.

Hozirgi kunda 80-sonli maktabning barcha o‘qituvchilari ishdan bo‘shash haqida ariza yozganlar.

Uchitel raspakovivayet pribor v odnom iz klassov shkoli - Sputnik O‘zbekiston
Xalq ta’limi vazirligi maktabdagi pul yig‘ishlarga qarshi kurash olib bormoqda
"2017 yil 2-sentabrda maktabimiz yangi o‘quv yiliga tayyor emasligi bu vaziyatga so‘ngi tomchi bo‘ldi. Yana 3 nafar boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari bo‘shab ketdi. Kelajakda o‘zgarishlar bo‘lishiga ishonmagan o‘rta va katta sinflarning tajribali o‘qituvchilari ishdan ketish haqida ariza yozishmoqda. Noroziliklar tufayli ota-onalarga farzandlarining hujjatlarini olib ketish taklif qilindi. Natijada oxirgi oyda 50 dan ortiq ota-onalar o‘z farzandlarini boshqa maktabga o‘tkazishdi", — deb yozilgan xatda.

Tashvishlangan ota-onalar davlat rahbaridan ushbu vaziyatga ta’sir qilishi va maktabda bo‘layotgan holatlarga har tomonlama chuqur o‘ylangan va adolatli qaror qabul qilinishiga umid qilishmoqda.

Yangiliklar lentasi
0