TOShKENT, 4 sen — Sputnik. Abdusalom Azizov – O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri lavozimidan ozod etildi.
O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri etib Po‘lat Razzakovich Bobojonov tayinlandi, deb xabar qilindi O‘zbekiston prezidenti rasmiy saytida.
Mahalliy OAVlarda berilayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, Po‘lat Bobojonov 1961-yilda tavallud topgan, 2012-yildan buyon Xorazm viloyati hokimi lavozimida ishlab kelgan, 2011-yilgacha ma’lum muddat hokim o‘rinbosari vazifasini bajargan. Bunga qadar esa Buxoro viloyati prokurori lavozimida faoliyat yuritgan.
2006-2011 yillarda Jizzax viloyati prokurori vazifasini bajargan.
2005-2006 yillarda Bosh prokuratura qoshidagi moliyaviy va valyutaga oid jinoyatlar Departamentida rahbarlik qilgan. 2000-2005 yillarda — O‘zbekiston Bosh prokurori o‘rinbosari vazifasida ishlagan.