Erdo‘g‘on Myanmadagi inqirozni 20 ta musulmon davlatlar bilan muhokama qildi

© AFP / ADEM ALTANPrezident Tursii Redjep Tayip Erdogan
Prezident Tursii Redjep Tayip Erdogan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Tursiya Myanmadagi inqiroz masalasini BMTning Bosh Assambleyasiga muhokama qilish uchun olib chiqmoqchi

TOShKENT, 4 sen — Sputnik. Turkiya prezidenti Rajab Tayib Erdo‘g‘on Myanmadagi roxinya musulmonlari bilan yuz bergan inqirozni Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘lgan 20 ta musulmon davlat rahbarlari bilan muhokama qildi, deb xabar berdi RIA Novosti.

Futbolniy stadion - Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston - Myanma o‘yini terakt xavfi tufayli bekor qilindi

Xabarda aytilishicha, Turkiya Myanmadagi inqiroz masalasini BMTning Bosh Assambleyasiga muhokama qilish uchun olib chiqmoqchi.

"Men roxinya xalqi bilan yuz bergan inqiroz masalasini Islom hamkorlik tashkilotiga a’zo bo‘lgan 20 ta davlat yetakchilari bilan muhokama qildim. Joriy yil 19-sentabr kuni BMTning Bosh assambleyasiga ushbu masalani olib chiqamiz va dunyo mamlakat yetakchilari bilan muhokama qilamiz. Afsuski, Myanmada juda ko‘p musulmonlar o‘ldirildi. Lekin dunyo bunga befarq bo‘ldi", — deb ta’kidladi Erdo‘g‘on jurnalistlarga.

Eslatib o‘tamiz, Myanma qurolli kuchlari Rakxayn shtatini islom jangarlaridan tozalash bo‘yicha keng qamrovli operatsiyasi o‘tkazilmoqda. Islom jangarlarining Rakxayn shtatida politsiya va chegara mazkanlariga hujumi o‘tgan yilning oktabr oyida sodir bo‘lgan. Ikkinchi hujum 25-avgustda sodir bo‘ldi. Myanma davlat OAVlarining ma’lumotlariga ko‘ra, 10 kun davomida Rakxayn shtatida 400 kishi halok bo‘ldi, ulardan 30 tasi harbiylar va politsiyachilar 370 kishi esa — roxinya jangarilaridir.

Yangiliklar lentasi
0