Shavkat Mirziyoyev nomiga dunyo rahbarlaridan tabrik telegrammalari kelmoqda

© Press-slujba prezidenta RUzO‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston mustaqilligining 26-yilligi munosabati bilan O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga samimiy qutlovlar kelmoqda

TOShKENT, 31 avg — Sputnik. Mustaqilligining 26-yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomiga xorijiy davlatlar va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar rahbarlaridan samimiy qutlovlar kelmoqda, deb xabar qildi O‘zbekiston Hukumat portali.

Rossiya prezidenti V.Putin - Sputnik O‘zbekiston
Vladimir Putin o‘zbek xalqiga farovon hayot tiladi
Maktublarda Mirziyoyevga baxt-saodat, omonlik va muvaffaqiyatlar, O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik, ravnaq hamda farovonlik tilab, chin dildan ezgu istaklar izhor etilgan.

Jumladan, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin tomonidan yo‘llangan maktubda "Xitoy va O‘zbekiston o‘rtasida har tomonlama strategik sheriklikni rivojlantirish va Siz bilan do‘stona munosabatlarni yanada mustahkamlashga alohida ahamiyat qarataman. Mamlakatlarimiz va xalqlarimiz farovonligi yo‘lida XXR va O‘zbekiston o‘rtasidagi har tomonlama sheriklikni birgalikda rivojlantirish va mustahkamlash maqsadida Siz bilan o‘zaro yaqin munosabatlarimizni izchil davom ettirishga tayyorligimni bildiraman", — degan.

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Mustaqillik kuni munosabati bilan yo‘llagan samimiy qutlovida "Qozog‘iston qardosh O‘zbekiston bilan har tomonlama hamkorlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratadi. Davlatlarimiz o‘rtasidagi do‘stlik va yaxshi qo‘shnichilik munosabatlari bundan buyon ham o‘zaro ishonch va xalqlarimizning qo‘llab-quvvatlashi asosida izchil rivojlanishda davom etishiga qat’iy ishonaman", — deb ishonch bildirgan.

Janubiy Koreya rahbari Mun Chje In o‘z tabrigida Shavkat Mirziyoyev bilan joriy yilda Seulda uchrashib, mamlakatlar o‘rtasidagi do‘stona hamkorlikni yanada yuqori darajaga ko‘tarish uchun zarur bo‘lgan barcha masalalarni muhokama qilib olishga umid bildirgan.

Shuningdek,

Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘on,

Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon bin Abdulaziz Ol Saud,

Belgiyaliklar Qiroli Filip,

AQSh prezidenti Donald Tramp - Sputnik O‘zbekiston
Donald Tramp O‘zbekiston prezidentiga tabrik yo‘lladi
Armaniston Respublikasi Prezidenti Serj Sargsan

Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko

Tojikiston Respublikasi Prezidenti Imomali Rahmon

Hindiston Respublikasi Prezidenti Ram Natx Kovind

Saudiya Arabistoni Podshohligi valiahdi, Vazirlar Mahkamasi raisining o‘rinbosari Muhammad bin Salmon bin Abdulaziz Ol Saud

Jazoir Xalq Demokratik Respublikasi Prezidenti Abdulaziz Buteflika

Singapur Respublikasi Prezidenti Toni Tan Keng Yam

Italiya Respublikasi Prezidenti Serjio Mattarella

Polsha Respublikasi Prezidenti Andjey Duda o‘z samimiy tabrik maktublarini yo‘llaganlar. 

Qutlovlar kelishi davom etmoqda.

Yangiliklar lentasi
0