Namanganda kostum ishlab chiqaradigan korxona ishga tushirildi

© Sputnik / Vladimir FedorenkoKostumdagi erkak
Kostumdagi erkak - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ichki imkoniyatlar hisobidan 2 million dollar mablag‘ sarflangan mazkur loyihaga ko‘ra, yangi korxonada xorij texnologiyalari asosida kostum ishlab chiqariladi

TOShKENT, 31 avg — Sputnik. Namanganda yiliga 200 mingta kostum ishlab chiqariladigan yangi korxona ishga tushirildi, deb xabar qildi O‘zbekiston Hukumat portali matbuot-xizmati.

Xabarga ko‘ra, 2009-yildan buyon tikuvchilik sanoati yo‘nalishida muvaffaqiyatli faoliyat yuritib, o‘z mahsulotlari bilan iste’mol bozoridan mustahkam joy olgan "Tekstil libos" mas’uliyati cheklangan jamiyati kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lida yaratilayotgan keng imkoniyatlardan foydalanib, yana bir loyihani amalga oshirdi.

Namanganlik Yusup Imamov - Sputnik O‘zbekiston
Gullar shahri Namanganni rivojlantiradigan reja va loyihalar haqida
Ichki imkoniyatlar hisobidan 2 million dollar mablag‘ sarflangan mazkur loyihaga ko‘ra, yangi korxonada xorij texnologiyalari asosida kostum ishlab chiqariladi. 300 dan ziyod zamonaviy tikuv mashinasi to‘la quvvat bilan ishga tushirilgach, yiliga 200 ming eksportbop mahsulot tayyorlash imkoniyati yaratiladi.

"Iqtisodiyotimiz yuksalib, xalqimiz farovonligi oshib borayotgani iste’molchilarning har tomonlama sifatli liboslarga bo‘lgan ehtiyojini ta’minlashni taqozo etmoqda, — deydi korxona rahbari A.Muhiddinov. — Shu bois asosiy e’tiborni raqobatbardoshlikka qaratmoqdamizki, kelgusida mahsulotlarimiz nafaqat ichki, balki jahon bozorida ham xaridorgir bo‘lsin. Buning uchun mamlakatimizda barcha imkoniyatlar mavjud".

Ayni paytda 70 ishchi mehnat qilayotgan "Tekstil libos" mas’uliyati cheklangan jamiyatida yangi korxona ishga tushirilishi bilan yana 110 kishi doimiy daromad manbai bilan ta’minlanadigan bo‘ldi.

Korxonaning ochilish marosimida Namangan viloyati hokimi X.Bozorov so‘zga chiqdi.

Yangiliklar lentasi
0