Shavkat Mirziyoyev oktabrda Turkiyaga tashrif buyuradi

© Kayhan Ozer, Presidential Press Service, Pool photo via APVizit prezidenta Tursii v Uzbekistan
Vizit prezidenta Tursii v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rejep Tayyip Erdo‘g‘on Shavkat Mirziyoyevni hamda prezident timsolida butun o‘zbek xalqini O‘zbekistonning Milliy kuni munosabati bilan muborakbod etishdan bag‘oyat baxtiyorligini bildirgan

TOShKENT, 31 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev shu yilning oktabr oyida Turkiyaga rasmiy tashrifini amalga oshiradi. Bu haqda Turkiya prezidenti Rejep Tayyip Erdo‘g‘onning O‘zbekiston mustaqilligining 26-yilligi munosabati bilan Mirziyoyev nomiga yuborgan tabrik telegrammasida aytiladi.

O‘zbekiston va Turkiya 2 mlrd $lik loyihalar amalga oshiradi

"Diplomatik munosabatlarimiz o‘rnatilganining 25-yilligiga to‘g‘ri kelgan 2017-yilda hamkorligimiz sezilarli darajada faollashdi. O‘tgan yil noyabr oyida Samarqanddagi uchrashuvimiz bu jihatdan burilish nuqtasi bo‘lib xizmat qildi va muntazamlik kasb etgan oliy darajadagi muloqotlar orqali munosabatlarimiz barcha sohalarda jadal rivojlanmoqda. Ishonamanki, shu yil oktabr oyida Sizning Turkiyaga amalga oshiradigan tashrifingiz bugungi kundagi munosabatlarimizni yangi bosqichga ko‘tarishda muhim ahamiyat kasb etadi", — deyiladi O‘zbekiston prezidentining rasmiy saytida e’lon qilingan telegrammada.

Rejep Tayyip Erdo‘g‘on Shavkat Mirziyoyevni hamda prezident timsolida butun o‘zbek xalqini O‘zbekistonning Milliy kuni munosabati bilan muborakbod etishdan bag‘oyat baxtiyorligini bildirgan.

Eslatib o‘tamiz, kelasi haftada O‘zbekiston prezidenti Qirg‘izistonga tashrif buyuradi. Bundan tashqari, sentabr oyida Mirziyoyev AQShga rasmiy tashrif bilan borishi va Donald Tramp bilan uchrashishi rejalashtirilgan.

Yangiliklar lentasi
0