"Paxtakor"ning 80% ulushi xorijiy investorga o‘tadi

© Federatsiya futbola UzbekistanaKomanda "Paxtakor" — chempion Uzbekistana po futbolu
Komanda Paxtakor — chempion Uzbekistana po futbolu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
SFI Management Group klub bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, joriy ta’mirlash hamda ularni xalqaro meyorlarga mos holatga keltirish, yuqori malakali futbolchilar tayyorlashni ta’minlash uchun besh yil davomida 200 mlrd so‘mdan kam bo‘lmagan mablag‘ yo‘naltiradi

TOShKENT, 31 avg — Sputnik. "Paxtakor" futbol klubi ustav fondining 80% ulushi SFI Management Group xorijiy kompaniyasiga o‘tadi, deb xabar berdi Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

Stadion Paxtakor - Sputnik O‘zbekiston
"Paxtakor" stadioni o‘rnida yangi stadion quriladi

Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qarori qabul qilingan.

Qarorda, xususan, SFI Management Group klub bino va inshootlarini qurish, rekonstruksiya qilish, joriy ta’mirlash hamda ularni xalqaro meyorlarga mos holatga keltirish, yuqori malakali futbolchilar tayyorlashni ta’minlash uchun besh yil davomida 200 mlrd so‘mdan kam bo‘lmagan mablag‘ni yo‘naltirishi lozimligi ko‘rsatilgan.

Ustav fondining 80% ulushidan to‘liq foydalanish huquqi barcha investitsion majburiyatlar bajarilganidan keyingina investorga o‘tadi. Umumiy ulushning 20%i Toshkent hokimiyati tasarrufida qoladi.

Futbolniy klub Paxtakor - Sputnik O‘zbekiston
"Paxtakor" braziliyalik futbolchi bilan shartnoma imzolaydi

SFI Management Group kompaniyasi kimga qarashli ekanligi hozircha aniq emas. Internetdagi ma’lumotlarga qaraganda, kompaniya xorijiy korxona shaklidagi MChJ bo‘lib, 2017-yil yanvarda tashkil etilgan va konsalting xizmatlari ko‘rsatish, investitsion loyihalarni boshqarish bilan shug‘ullanadi.

Klub rahbariyati birmuncha vaqt ilgari kelgusidagi rejalari haqida ma’lum qilgandi. Xususan, ikki yil ichida eski "Paxtakor" stadioni o‘rnida yangi va zamonaviy usti yopiq stadion qurilishi rejalashtirilgan.

Ilgariroq OAVda klubni kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan Rossiya tadbirkori Alisher Usmonov sotib olishi haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.

Yangiliklar lentasi
0