O‘zbekiston Rossiya uchun eksport bo‘yicha eng istiqbolli mamlakat deb topildi

© Sputnik / Stanislav Savin / Mediabankka o‘tishTransport-logistika majmuasi
Transport-logistika majmuasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mazkur reytingda ikkinchi o‘rinni Polsha egalladi. Germaniya, Turkiya va Hindiston top-5ga kirdi. Ro‘yxatga 135 mamlakat kiritilgan bo‘lib, uni Kongo, Papua - Yangi Gvineya, Paragvay, Venesuela va Zimbabve davlatlari yakunlagan

TOShKENT, 30 avg — Sputnik. O‘zbekiston Rossiya uchun eksport bo‘yicha eng istiqbolli mamlakat deb topildi, deb xabar qilgan Rossiya eksport markaziga tayangan holda "O‘zbekiston 24".

Rossiya Hukumati raisi o‘rinbosari Igor Shuvalov - Sputnik O‘zbekiston
Shuvalov: Rossiyada ham O‘zbekiston bozorlaridek maskanlarni tashkil etishni istardik

Rossiya eksport markazining ta’kidlashicha, O‘zbekiston Rossiya bilan savdo ittifoqlarida ishtirok etishi, erkin savdo rejimi, Rossiya eksporti tovar tuzilmasining mamlakat importi tuzilmasiga mosligi, shuningdek, YaIMning o‘sish sur’atlari tufayli yetakchiga aylangan.

Mazkur reytingda ikkinchi o‘rinni Polsha egalladi. Germaniya, Turkiya va Hindiston top-5ga kirdi. Ro‘yxatga 135 mamlakat kiritilgan bo‘lib, uni Kongo, Papua — Yangi Gvineya, Paragvay, Venesuela va Zimbabve davlatlari yakunlagan.

Yangiliklar lentasi
0