Mirziyoyev huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini mukofotladi

© Sputnik / Mixail PalinchakImzo chekish
Imzo chekish - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston prezidenti davlat mustaqilligining 26-yilligi munosabati bilan huquqni muhofaza qilish organlari, mudofaa va favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlaridan bir guruhini mukofotladi

TOShKENT, 30 avg — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini mukofotladi, deb xabar qilindi O‘zbekiston prezidenti rasmiy saytida.

Xabarga ko‘ra, prezident davlat mustaqilligining 26-yilligi munosabati bilan huquqni muhofaza qilish organlari, mudofaa va favqulodda vaziyatlar vazirliklari xodimlaridan bir guruhini mukofotlagan.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev "Shaytanat" muallifini "Mehnat shuhrati" ordeni bilan mukofotladi
Huquqiy davlatni shakllantirish va milliy qonunchilikni takomillashtirishga, fuqarolarning qonuniy manfaatlarini, huquq va erkinliklarini himoya qilishga, qonuniylik va huquq-tartibotni mustahkamlashga, jamiyatda huquqiy madaniyatni oshirish va yuqori malakali yuridik kadrlarni tayyorlashga qo‘shgan katta hissasi uchun Toshkent davlat yuridik universitetining kafedra dotsenti Skripnikov Nikolay Kuzmichga va Buxoro transport prokurori Naimov Mels Inomovichga "O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan yurist" faxriy unvoni berilgan.

Mamlakat Qurolli Kuchlarining jangovar tayyorgarligini oshirishdagi xizmatlari, milliy manfaatlarimizni himoya qilish va tinchlikni ta’minlash, barqarorlik va jamoat tartibini mustahkamlash borasidagi xizmat burchini bajarish chog‘ida mardlik, jasorat va fidoyilik ko‘rsatgani uchun:

Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani ichki ishlar bo‘limi profilaktika katta inspektori Daminov Davlat Mamadaliyevich; Milliy xavfsizlik xizmati xodimi Jo‘rayev Majid Sharofovich; Mudofaa vazirligi harbiy qism komandiri Koroboyev Xoliyer Ramozanovich; Mudofaa vazirligi harbiy qism komandiri  Tursunov Kadirjon Abdipattayevich II darajali "Shon-sharaf" ordeni bilan  taqdirlangan.

Ro‘yxatning to‘liq shakli bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0