TOShKENT, 25 avg — Sputnik. 2017-yilning 24-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Kamilov AQSh va Kanadaning Buxoro yahudiylari kongressi prezidenti Boris Kandovni qabul qildi, deb xabar qildi O‘zbekiston Tashqi ishlar mahkamasi matbuot-xizmati.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston bilan AQSh va Kanadaning Buxoro yahudiylari kongressi o‘rtasidagi hamkorlikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
Ushbu tashkilot a’zolarining asosiy qismini kelib chiqishi o‘zbekistonliklar tashkil etadi.
Uchrashuvda mazkur Kongress O‘zbekiston va AQSh o‘rtasidagi anglashinuvni mustahkamlash, o‘zbek madaniyatini xususan klassik musiqa sana’tini xorijda ommalashtirishda muhim rol o‘ynashi qayd etilgan.
Shu ma’noda madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollari yuzasidan fikr almashilgan.