Yoshlar Ittifoqi chet elda: tashkilot xorijdagi o‘zbekistonlik yoshlar hayotini o‘rganmoqda

Yoshlar Ittifoqi vakillari
Yoshlar Ittifoqi vakillari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston yoshlar tashkilotining tarixiy birinchi qadami: O‘zbekiston yoshlar ittifoqi raisi Xitoydagi o‘zbekistonlik yoshlarni yig‘ib, ochiq muloqot o‘tkazdi

TOShKENT, 24 avg — Sputnik. O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisi Qahramon Quronboyev Shanxayda tahsil olayotgan va mehnat faoliyatini yuritayotgan O‘zbekistonlik yoshlarni yig‘ib, ular bilan ochiq muloqot o‘tkazdi, deb xabar qilindi Yoshlar Ittifoqi Raisining Feysbukdagi sahifasida.

Quronboyev muloqot davomida ularga yaratib berilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishgan. Imkoniyat va muammolarini o‘rganib, rejalari bilan qiziqqan.

"O‘zbekistonlik yoshlar doimiy hukumat e’tiborida ekanligini alohida ta’kidladi", — deb qayd etilgan xabarda.

Qahramon Quranboyev - Sputnik O‘zbekiston
Facebook foydalanuvchilari Qahramon Quronboyevga javob qaytarishdi
Shundan so‘ng, Yoshlar Ittifoqi raisi talabalar ichidan yetakchi liderni saylagan. Endilikda u doimiy tarzda o‘qib va ishlab yurgan Xitoydagi talabalarning faoliyati haqida O‘zbekiston yoshlar ittifoqiga ma’lumot berib turadi.

Endilikda Xitoyda tahsil olayotgan O‘zbekistonlik yoshlar ham yoshlar tashkiloti qanoti ostida. "Bu esa yoshlar tashkilotining tom ma’noda, nafaqat O‘zbekistonda, balki butun dunyodagi yoshlarining ham manfaatini himoya qila olishdagi manzilli odimlaridan biri ekanligini amalda namoyon qildi", — deyilgan xabarda.

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi delegatsiyaning Xitoydagi safari davom etadi.

Yangiliklar lentasi
0