TOShKENT, 24 avg — Sputnik. O‘zbekistonga tashrif davomida Toshkentning qadimiy, ayni paytda zamonaviy bozorlaridan birida bo‘lgan Rossiya hukumati raisining birinchi o‘rinbosari Igor Shuvalov Rossiyada ham shunday maskanlar bo‘lishini xohlashini aytib o‘tdi, deb xabar qiladi O‘zbekiston hukumati matbuot-xizmati.
"O‘zbekistonda bozorlar faqat savdo majmuasi emas, ulkan madaniyat maskani hamdir. Rossiyada ham shunday bozorlar tashkil etishni istardik", — deb aytgan Shuvalov.
Shuvalov O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda ikki mamlakat uchun birdek manfaatli, istiqbolli loyihalarni muhokama qilgan.
Jumladan, energetika sohasidagi hamkorlikni yanada kengaytirish, xususan, sintetik yoqilg‘i ishlab chiqarish masalalariga e’tibor qaratilgan. O‘zbekiston, Rossiya, Janubiy Koreya, Xitoy kabi mamlakatlar ishtirokidagi kooperatsion loyihalar ham bizda katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Eksport hajmini oshirish uchun temir yo‘llardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilingan.
O‘zbekiston meva-sabzavot mahsulotlari Rossiya bozoriga yetkazib berilmoqda. Shuvalov, Rossiyada ushbu mahsulotlarga bo‘lgan talab yuqoriligini inobatga olgan holda mazkur yo‘nalishdagi hamkorlikni yanada rivojlantirish niyatida ekanliklarini ma’lm qilgan.
Shuningdek, fan-ta’lim yo‘nalishidagi hamkorlikni kengaytirish masalalariga ham e’tibor qaratilgan.