Xorijga chiqish pasportini 10 ish kunida olish mumkin bo‘ladi

© Sputnik / StringerUzbekskiy pasport
Uzbekskiy pasport - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi pasportni berish muddati 5 kunga qisqartiriladi va atigi 10 ish kunini tashkil qiladi. Bundan tashqari, fuqarolar vaqtdan yutishlari uchun elektron navbatga yozilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar

TOShKENT, 19-avgust — Sputnik. O‘zbekiston hukumati O‘zbekiston fuqarolarining xorijga chiqish pasporti dizaynini 2017-yil noyabri oxiriga qadar tasdiqlaydi, deb ma’lum qildi Sputnik O‘zbekiston muxbiriga Vazirlar Mahkamasidagi manba.

Suhbatdoshning aytishicha, u 10 yil muddatga beriladigan 48 sahifali hujjat bo‘ladi. Voyaga yetmaganlarga beriladigan bolalar xorijga chiqish pasportining amal qilish muddati 5-yilni tashkil etadi.

"Zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hisobiga hujjat berish jarayonini maksimal darajada yengillashtirishni rejalashtirganmiz. Masalan, yangi pasportni berish muddati 5 kunga qisqartiriladi va atigi 10 ish kunini tashkil qiladi. Bundan tashqari, fuqarolar vaqtdan yutishlari uchun elektron navbatga yozilish imkoniyatiga ega bo‘ladilar", — dedi manba.

Pasport grajdanina Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Prezident qarori: xorijga chiqish pasporti va stikerlar haqida

Uning aytishicha, xorijda yurgan O‘zbekiston fuqarolarining hujjat almashtirishlariga nisbatan liberal munosabat yana bir muhim jihat hisoblanadi.

"O‘zbekistonliklarning ommaviy ravishda elchixonalarga kelishlarining oldini olish va fuqarolarni ortiqcha dahmazalardan xalos qilish maqsadida ularga 2011-yilgi namunadagi amaldagi biometrik pasportlaridan uning amal qilish muddati tugaguniga qadar foydalanishlariga ruxsat beriladi. 2019-yil yanvarida xorijga chiqish pasportlari amalga kiritilgan vaqtda stiker muddati tugamagan fuqarolar xorijga chiqishda eski pasportlaridan foydalanishlari mumkin bo‘ladi", — dedi u.

Xorijiy pasport olish uchun hujjat topshirgan fuqarolar arizalari maqomini kuzatishlari uchun maxsus elektron xizmat ishga tushiriladi.

Uzun navbatlar yuzaga kelishining oldini olish uchun elektron tizim joriy etilishi bilan birga hujjatlarni qabul qilish va pasport topshirish tizimi ham takomillashtiriladi. Xususan, pasport olish uchun fuqaro doimiy yashash joyidagi tuman yoki shahar migratsiya va fuqarolikni qayd etish bo‘limlariga murojaat qilishi mumkin bo‘ladi. Hozirda viloyatlar aholisi buning uchun viloyat boshqarmalariga murojaat qilishlari lozim, bu esa ularning ortiqcha vaqt va pul sarflashlariga olib kelmoqda.

Yangiliklar lentasi
0