TOShKENT, 18-avgust — Sputnik. Prezident aholiga qulaylik yaratish maqsadida Toshkent – Bekobod yo‘nalishida elektrichka qatnovini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ko‘rsatma berdi, deb xabar qildi uznews.uz.
Shavkat Mirziyoyev Bekobodga tashrifi davomida shaharning bosh rejasi bilan ham tanishdi.
Loyihada "O‘zbekiston metallurgiya kombinati" AJ hamda "Bekobod sement zavodi" ishchilari uchun arzon uy-joylar qurish rejalashtirilgan.
Davlat rahbari mazkur uy-joylar atrofida aholiga ijtimoiy xizmat ko‘rsatish obyektlari va bog‘ barpo etish topshirig‘ini berdi.
Prezident mazkur shaharchani tez fursatlarda bunyod etish kerakligini ta’kidlab, unga "Mustaqillikning 27-yilligi massivi" deb nom berishni taklif qildi.