Lola Karimova bir oylik tanaffusdan so‘ng yangi post e’lon qildi

© FacebookLola Karimova-Tillayayeva
Lola Karimova-Tillayayeva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston Birinchi prezidentining kenja qizi bir oydan ortiq davom etgan tanaffusdan so‘ng Feysbukdagi akkauntida post elon qildi. Lola Karimova-Tillayeva bu safar "Tomchi" nomli eko art loyihasi to‘g‘risida so‘z yuritgan. U jamoatchilikni global isish va iqlim o‘zgarishi masalalaridan xabardor qilish maqsadida san’at kuchidan foydalanishga ahd qildi

TOShKENT, 18 avg — Sputnik. "Droplet" ("Tomchi") nomli eko art loyihamizni e’tiboringizga havola etaman, deb yozgan o‘zining Feysbukdagi akkauntida Lola Karimova-Tillayeva.

Lola Karimova-Tillyayeva - Sputnik O‘zbekiston
Lola Karimova-Tillyayeva: Men hayotga ifor orqali boqaman
Suv resurslarini qanday ishlatamiz? Global isish yaqin kelajakda insonlar hayotiga qanday ta’sir ko‘rsatadi? Suv resurslari bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarga yondashuvni qanday qilib o‘zgartirish mumkin?

Loyihamiz bugun insoniyat oldida turgan dolzarb masalalarni namoyish etish uchun bir maydon vazifasini o‘taydi.

"Garmonist" brendining falsafasi suv, yer, yog‘och, ma’dan va olov kabi besh tabiat unsurlarini o‘rganish, asrash va himoya qilishga asoslangan. "Garmonist" tabiatni asrash maqsadida insoniyat sog‘lom hayot kechirishining asosini tashkil etuvchi mazkur besh unsurni saqlashga va asrashga bag‘ishlangan o‘n yillik loyihani boshlaydi.

Suv hayot manbaidir. Inson tanasi 60% suvdan iborat bo‘lib, hayotimizni suvsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Inson har bir ichki a’zosining faoliyatida suv muhim o‘rin egallaydi. Sayyoramiz ekosistemasida suv manbalarining o‘rni beqiyosdir.

Rassom Markus Lyutyens bilan hamkorlikda yaratilgan mazkur art-obyekt tomchi ko‘rinishidagi metal konstruksiyasidan iborat. Installyatsiyaning interaktivligi shundaki, unda suvning tovushi, ifori va taftini his etish mumkin. Shuningdek, unda global isishning ta’siri haqida ma’lumot beriladi.

Lola Karimova-Tillyayeva na vruchenii premii The Best Award v Parije - Sputnik O‘zbekiston
Lola Karimova-Tillayeva ajoyib xushxabar bilan bo‘lishdi

Jamoatchilikni global isish va iqlim o‘zgarishi masalalaridan xabardor qilish maqsadida san’at kuchidan foydalanishga ahd qildik. Binobarin, san’at insonlarga ilhom bahsh etib, ularni muayan maqsad atrofida birlashtira oladi.
"Droplet" loyihasini taqdim etar ekanmiz, suv resurslarining yetishmovchiligi va ularni asrash borasidagi dunyo hamjamiyatining havotiriga sherikligimizni bildiramiz.

Loyihamiz haqida sizni muntazam ravishda xabardor qilib boramiz", — deb yozgan Lola Karimova.

Yangiliklar lentasi
0