Samarqand xalqaro aeroportida 225 nafar ziyoratchi Madina shahriga kuzatildi

© Sputnik / Aleksandr Krajev / Mediabankka o‘tishSamolyot qo‘nish yo‘lakchasi
Samolyot qo‘nish yo‘lakchasi - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Joriy yilda Samarqand viloyatidan haj ziyoratiga 458 nafar otaxon va onaxonlar borishi rejalashtirilgan bo‘lib, dastlabki guruhda 225 nafar samarqandlik yurtdoshimiz Madina shahriga kuzatildi

TOShKENT, 16 avg — Sputnik. Kuzatish marosimida viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi T.Jo‘rayev ishtirok etdi, deb xabar qilingan Samarqand viloyati matbuot-xizmati tomonidan tarqatilgan xabarda.

Zamestitel predsedatelya Soveta muftiyev Rossii Rushan Abbasov, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Rossiya imomi: haj ziyoratini selfi-hajga aylantirmaslik zarur
Marosim davomida O‘zbekistonda milliy-diniy qadriyatlarni asrab-avaylash, islomning ma’rifiy g‘oyalarini rivojlantirish, diniy bag‘rikenglikni ta’minlashga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

"Haj ziyoratiga borib kelgan yurtdoshlardan ulug‘ ibodatlarni eson-omon va qulay ado etish uchun davlatimiz tomonidan barcha zarur sharoitlar yaratib berilayotgani haqidagi so‘zlarni ko‘p eshitardim, — deydi Zarbuvi Pardayeva. — Bugun muqaddas safarga otlanar ekanman, shu yerning o‘zidayoq xavfsizligimizni ta’minlash, salomatligimizni muhofaza qilish yuzasidan qilinayotgan sa’y-harakatlarni ko‘rib, bu gaplarning naqadar to‘g‘riligini his etdim. Buning uchun davlatimiz rahbaridan, shunday buyuk safarlarni tashkil etishda bosh bo‘layotganlardan behad minnatdormiz".

Joriy yilda Samarqand viloyatidan haj ziyoratiga 458 nafar otaxon va onaxonlar borishi rejalashtirilgan bo‘lib, dastlabki guruhda 225 nafar samarqandlik yurtdoshimiz Madina shahriga kuzatildi.

Yangiliklar lentasi
0