Mirziyoyev hukumat tarkibida yangi tayinlovlarni amalga oshirdi

© Press-slujba prezidenta RUzO‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kuni kecha O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Markaziy bank raisi o‘rinbosari lavozimiga Botir Zaxidovni tayinlagani haqida ma’lumot bergan edik

TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Hukumat tarkibida yangi tayinlovlarni amalga oshirdi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti rasmiy saytida axborot berildi.

Mirziyoyev Markaziy bank raisining o‘rinbosarini tayinladi
Xabarga ko‘ra, Shuxrat Yaxayevich Ismailov O‘zbekiston Iqtisodiyot vazirining o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi

"O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-avgustdagi PQ-3203-son qaroriga muvofiq Shuxrat Yaxayevich Ismailov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining makroiqtisodiy siyosatni shakllantirish va amalga oshirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi", — deyiladi xabarda.

Mubin Muxitdinovich Mirzayev O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari — makroiqtisodiy siyosat, bazaviy tarmoqlarni rivojlantirish va xalqaro moliya institutlari bilan ishlash masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi

Mirzayev shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Moliya vaziri o‘rinbosari lavozimidan ozod etilgan.

Prezident farmoniga ko‘ra, Jamshid Abduxakimovich Xodjayev O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari — O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga tushumlarning to‘liqligini nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Yangiliklar lentasi
0