TOShKENT, 15 avg — Sputnik. O‘zbekiston FVV joriy yil 15-avgust kuni Qashqadaryo viloyatida sodir bo‘lgan gaz tashuvchi avtomobil bilan sodir bo‘lgan hodisa haqida rasman izoh berdi.
Xabarda aytilishicha, joriy yilning 15-avgust kuni taxminan 00:25 larda Qarshi tumanidagi «Janubgaz» AJ ga qarashli yopiq avtogaraj hududidagi "Qarshi-Bishkent" avtomobil yo‘lining 6-7 km orasida "MAN" rusumli suyultirilgan gaz (propan) tashuvchi avtomobildan "ZIL-130" rusumli suyultirilgan gaz tashuvchi avtomobilga suyultirilgan gaz to‘ldirish vaqtida chaqnash sodir bo‘lgan.
Natijada, "ZIL-130" rusumli yuk avtomobil haydovchisining yordamchisi tan jarohati olgan.
Hozirda, jabrlangan fuqaro Qarshi shahridagi Respublika shoshilinch tez yordam ilmiy markazi Qashqadaryo filialiga yotqizilgan.