TOShKENT, 15 avg — Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Ruslanbek Davletovni O‘zbekiston adliya vaziri lavzimiga tayinladi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-avgustdagi PF-5153-son farmoniga muvofiq Ruslanbek Quroltayevich Davletov O‘zbekiston Respublikasi adliya vaziri lavozimiga tayinlandi”, — deyilgan prezident qarorida.
Ruslanbek Davletov bundan oldin O‘zbekiston prezidentining jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashni muvofiqlashtirish bo‘yicha Davlat maslaxatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelgan.
Sobiq adliya vaziri Ikromov Muzraf Muborakxo‘jayevich O‘zbekiston Hisob palatasi raisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqida prezident qarori 14-avgust knui e’lon qilingan edi.
Ruslanbek Quroltayevich Davletov 1980 yilda Xorazm viloyatida tug‘ilgan. Ma’lumoti bo‘yicha iqtisodchi va huquqshunos. 2001-yilda Buyuk Britaniyadagi Varvik universitetini yakunlagan. 2010-yilda Davlat va jamiyat boshqaruv akademiyasini yakunlagan.
Mehnat faoliyatini 2001-yilda Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qo‘mitasida boshlagan. 2004-1012 yillarda Vazirlar Mahkamasida xalqaro shartnomalarni ekspertiza qilish bo‘yicha bosh mutaxassis lavozimida ishlab kelgan. 2012-2014 yillarda Oliy sudda, 2014-2016 yillarda – Oliy Majlisda ishlagan.